TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) va Kollektiv xavfsizlik tashkiloti shartnomasi (KXShT) hamkorligi G‘arb bosimiga qarshi turishda muhimdir. Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi.
“Bu tuzilmalar hamkorligi G‘arb bizga o‘tkazayotgan bosimga qarshilik ko‘rsatishda juda muhim”, - dedi Lebedev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb nafaqat MDH mamlakatlariga, balki ShHTga a’zo mamlakatlarga bosim o‘tkazmoqda.
“Bilasizki, Xitoyga doimo e’tiroz bildirib kelishadi. Shu bois bir birga bo‘lishimiz, G‘arb tomonidan bo‘layotgan bosimga javob qaytarishimiz kerak”, - dedi MDH bosh kotibi.
U MDH, KXShT, BRIKS va ShHT o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shma harbiy va aksilterror mashg‘ulotlar ko‘maklashinini ta’kidladi.