Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 31-oktabrning asosiy voqealari

Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 31-oktabr hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Sinkovka qishlog‘i hududida UQKning 54-mexanizatsiyalashgan brigadasining beshta hujumni qaytardi. Dushmanning yo‘qotishlari 60 tagacha harbiy xizmatchi, to‘rtta tank, ulardan ikkitasi Germaniyada ishlab chiqarilgan Leopard uchta zirhli jangovar mashina, ikkita avtomashina, shuningdek, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini tashkil qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi harakatlari Chervonaya Dibrova va Yampolovka aholi punktlari hududida UQKning 21 va 24 mexanizatsiyalashgan brigadalarining uchta hujumni qaytardi. UQK yo‘qotishlari 250 nafar harbiy xizmatchi, bir tank, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Klesheyevka va Kurdumovka aholi punktlari hududlarida UQKning 42 va 93 mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va texnikasini mag‘lub etdi. Dushman umumiy yo‘qotishlari 170 nafar harbiy xizmatchi, uchta tank, ikkita Bradley piyoda jangovar mashinasi, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita avtomashinani tashkil etdi.
Kun davomida artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan M198 va M119, D-20 va D-30 gaubitsalari, o‘ziyurar artilleriya birliklari: Polshada ishlab chiqarilgan "Krab", "Akatsiya va "Gvozdika" va ikkita "Grad" yoppasiga o‘t ochish tizimi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari bo‘linmalari Ugledar va Staromayorskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi va 128-hududiy mudofaa brigadasi ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi. Kun davomida dushman yo‘qotishlari 160 nafargacha harbiy xizmatchilarni, ikkita zirhli jangovar texnika, yettita texnikani, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini tashkil etdi.
Zaporoje yo‘nalishida Rabotino qishlog‘ida Rossiya qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari UQKning 118-mexanizatsiyalashgan brigadasining hujumini qaytardi. UQK yo‘qotishlari 140 dan ortiq harbiy xizmatchi, beshta zirhli jangovar mashina, oltita pikap va ikkita M109 Paladin gaubitsasini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida Dnepr qo‘shinlari guruhi armiya aviatsiyasi va artilleriya bilan hamkorlikda UQKning 35 va 36 dengiz piyodalari brigadalarining ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan hududga o‘t ochdi. Dushman yo‘qotishlari 125 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita transport vositasi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasini tashkil qildi.
Armiya aviatsiyasi, uchuvchisiz apparatlari, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 132 ta hududda joylashgan ishchi kuchi va harbiy texnikasini mag‘lub etdi. Bundan tashqari, Odessa viloyatining Malodolinskoe qishlog‘i hududida uchuvchisiz apparatlari va ekipajsiz katerlar ishlab chiqarish maydonchalariga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida Zaporoje viloyatining Privetnoe va Xerson viloyatining Verovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Havo kuchlarining MiG-29 samolyoti va Mi-8 vertoloti urib tushirildi.
Shuningdek, 8ta "Storm Shadow" qanotli raketalari, ikkita "Neptun" kemaga qarshi raketalari va oltita AQShda ishlab chiqilgan HIMARS raketalari tutib olindi.
Bundan tashqari, Zolotarevka, Podgornoe va Klesheyevka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 33 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Umumiy hisobda, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 518 ta samolyot, 254 ta vertolot, 8 464 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa kompleksi, 13 044 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1 172 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 6929 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 14797 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.