Maktabgacha ta’lim agentligi Qozog‘iston bolalar bog‘chasining ish tajribasi bilan tanishdi

Maktabgacha ta’lim agentligi delegatsiyasi “QARLYGASH-2023”– “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim agentligi delegatsiyasi Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.
Maktabgacha ta’lim agentligi delegatsiyasi “QARLYGASH-2023”– “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.
Maktabgacha ta’lim agentligi Qozog‘iston bolalar bog‘chasining ish tajribasi bilan tanishdi
Unda o‘zbekistonlik mutaxassislar “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim: sifatni oshirish tajribasi va istiqbolli yo‘nalishlari” mavzusida taqdimot qilishdi.
Konferensiya doirasida Qozog‘iston prezidenti Administratsiyasi tasarrufidagi “QARLYGASH” bolalar bog‘chasining ish tajribasi bilan tanishildi.
Maktabgacha ta’lim agentligi Qozog‘iston bolalar bog‘chasining ish tajribasi bilan tanishdi
Uchrashuv davomida bolalar markazi hamda yosh bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini boshqarish va joriy etish masalalari muhokama qilindi.