TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Tel-Aviv gumanitar tashkilotlar va BMTning HAMAS tomonidan foydalanilmasligi haqidagi so‘rovlariga qaramay, G‘azoga yoqilg‘i yetkazib berilishiga ruxsat bermaydi. Bu haqida Isroil armiyasi vakili podpolkovnik Jonatan Konrikus ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Biz G‘azoga yoqilg‘i yetkazib berilishiga yo‘l qo‘ymaymiz va hech narsa bizni bunga majburlamaydi. Biz HAMASdan bizga qarshi foydalanishini istamaymiz", — deydi u.
BMTning turli agentliklari va xalqaro tashkilotlar bir necha haftadan buyon yoqilg‘ini G‘azoga jo‘natishga chaqirib kelmoqda, chunki bu shifoxonalar va suv tozalash inshootlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashning yagona yo‘li.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dujarrik Isroil armiyasining G‘azo sektoriga yoqilg‘i kiritishdan bosh tortganiga izoh berish so‘roviga javoban, hudud BMTning gumanitar operatsiyalari uchun yoqilg‘iga juda muhtojligini ta’kidladi.