TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Farg‘onada 7 000 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bojxona organlari tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
“Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dastlabki qiymati 70 mln. so‘mlik 2 turdagi jami 7 000 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi”, - deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.