Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Xitoydagi xavfsizlikka oid Sanshan forumining shunchaki mehmoni emas, balki faxriy mehmon bo‘lgani boisi nimada? Nega bu safar forumga dunyoning 90 ta mamlakati harbiy tuzilmalari vakillari kelishdi va ularning niyatlari jiddiymi?
Chunki dunyo hamma qaysi tomon borishi hal etilayotgan qizg‘in pallada: ko‘plarning ko‘pchilik bilan nazoratsiz qarama-qarshiligi davom etishi yoki eski va tanish “razradka” so‘ziga qaytish. Aynan shuning uchun forum mezboni Xitoy ishni AQSh bilan “razradka” sari olib bormoqda. Strategik mavzular yuzasidan eng qimmatli axborot va eng obro‘li nutq so‘zlovchilar – ular u yerda, Pekinda.
O‘tgan hafta tashqi ishlar vaziri Van I AQShda bo‘ldi va u yerda nafaqat qariya Jo Bayden, balki bu mamlakat ma’muriyatidagi barcha bilan gaplashdi. Kamida ikkita yuqori darajadagi ekspertlar yig‘ilishida nutq so‘zladi, intervyular berdi. Uning umumiy hukmi: yutuqlar hozircha yetarli emas. Ikkinchi qudratli davlat bilan bo‘lajak hamkorlik uchun Pekin uchun maqbul tamoyillarni topishmadi. Bir yildan buyon izlashmoqda, bu vaqt ichida AQSh ma’muriyatining barcha yuqori lavozimli amaldorida Pekinda bo‘lishdi, tutashuv nuqtlarini paypaslash ko‘rishdi.
Hozir AQSh nimaga qaror qilgani oyday ravshan: Donald Tramp davrida boshlangan strategik raqobatni avvalgiday davom ettira olishmaydi, ular mag‘lub bo‘lishmoqda. Ikki yadroviy davlatning ikki urushi – Ukrainadagi va Tayvan atrofidagi – imkonsiz. Uchtasi (Yaqin Sharqda avj olayotganini hisobga olsak) haqidagi gapirmasa ham bo‘ladi. Ittifoqchilar dahshatda. Biroq aniq qanday chora ko‘rish kerakligini, qorong‘u.
Bu yerda Pekin formulasi juda oddiy. O‘zaro hurmat, tinchgina yashash, o‘zaro manfaatli hamkorlik (imkoni bor joyda). Lekin bu AQSh uchun Xitoyga qarshi oxiri yo‘q sanksiyalar, bu mamlakat atrofidagi dengizlarda doim o‘ralashib yuradigan harbiylarni biror bir narsa qilish kerak bo‘ladi. Hamma Xitoy narsasiga bo‘lgan yomon ko‘rishlik haqida og‘iz ochmasa ham bo‘laveradi. Taslim bo‘lish? Nafas rostlab olish?
Van Inning AQShga safari yakunlariga ko‘ra kelasi oyda Kaliforniyada bo‘ladigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida Si Szinpin va Jo Baydenning yuzma-yuz uchrashuvini tashkil etish qaror qilingan. Biroq bu oz. Shunga o‘xshash uchrashuv bir yil ilgari Indoneziyada bo‘lgandi, va AQSh undan keyin avvalgi pozitsiyalariga qayta boshlagan. Bu yerda saylovlar va bir yarim yildan keyin Vashingtondagi hukumat kimning qo‘lida bo‘lishi noaniqligi omillari ham bor.
Demak: yoki bo‘ladi, yoki bo‘lmaydi. Juda o‘xshash vaziyat 1970-yillar boshida bo‘lgandi va 1972-yil 30-maydagi Brejnev va Niksonning mashhur Moskva deklaratsiyasiga olib kelgan edi. Qayd etish joizki, u “SSSR va AQSh o‘zaro munosabatlarining asoslari” deb atalgandi, ya’ni gap, xuddi bugungidek XXR va AQSh o‘rtasidagi, tamoyillar haqida bormoqda. Qanday? Quyidagicha: yadro asrida tinch yashashning muqobili yo‘q, ikki mamlakat xavfsizlik manfaatlari teng huquqlilik tamoyillariga (ya’ni xurmatga) asoslagan va hokazo.
O‘shanda keskinlik yumshatish deb atalgan jarayon boshlangandi – undan ortig‘i emas. Do‘stlik emas, qarama-qarshilikni kamaytirish xolos.
O‘shanda bu nima sababdan ro‘y bergandi? Bugun Xitoy va Amerika o‘rtasidagi xuddi sabablarga ko‘ra. AQSh Hindixitoydagi urushni yutqazayotgan edi, amerika jamiyati va davlati parchalanishi ketayotgan edi. Yodga olamiz, o‘sha paytda kim Vyetnam osmonida bo‘lajak senator Makkeyn bo‘lgan amerika samolyotlarini urib tushurgan. Ikki yirik davlat o‘rtasidagi yadro urushi yaqin edi, qanday harakat qilishlikka qaror qilish lozim edi: u sari borish kerak yoki undan qochish kerak. Bu xuddi o‘sha tamoyillarni ishlab chiqishni anglatardi: biz raqobatlashamiz, biroq tinchlik bilan, bosh ustiga, Vashingtonning sho‘rpeshona ittifoqchilari ham shuni istashardi.
Demak, model va namuna bor. Nega bu jarayon sekin va og‘ir kechapti – bu gal Vashington va Pekin o‘rtasida. Bir nechta sabablarga ko‘ra. SSSR Brejnev davrida yadro arsenallari bo‘yicha AQSh bilan teng edi, lekin Amerikani xalqaro savdo-sotiq bo‘yicha orttda qoldirmas edi va YaIM barobar emas edi. SSSRning bugun Xitoynikiga qaraganda ittifoqchilari va hamkorlari kamroq edi. Rubl dunyo moliyasida dollar bilan raqobat qilmasdi (aytgancha, bugun yuan – dunyoning beshinchi valyutasi xolos, lekin uning muomilaga kirish sohasi kengayishi sur’ati juda yuqori). Qisqasi, bugun amerikaliklar uchun hammasi tobora qiyinroq va jiddiyroq.
So‘z so‘nggida ayrim bir fikrlar. “Razradka” №2 Rossiyaga, shubhasiz, ko‘plab sabablarga ko‘ra foydali – u birinchi kabi butun dunyo vaziyatini sog‘lomlashtiradi, kamida uni ko‘proq olindan bashorat qilish mumkin qiladi. Keyin xuddi shu sxema bilan Rossiyaning AQSh bilan galdagi “razadka”si bo‘ladi – munosabatlar tamoyillarini uzoq ishlab chiqish. So‘nggisi: 70-yillar hamorklik va hurmatda hayotning katta va umumiy kutilmalari belgilari ostida o‘tdi, biroq keyin Amerika tirilib, chirqillay boshlaganini yoddan chiqarmaymiz: nafas rostlashni bas qilib, avvalgi yakka hukmronlikka qaytish fursati yetmadimi?