TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 31-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 8,82 so‘mga arzonlashdi va 12 219,23 so‘mni tashkil qildi. Yevro 11,46 so‘mga oshdi va 12 930,39 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 0,11 so‘mga qimmatlashib, 131,19 so‘mni tashkil qildi.