TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Bugun kechqurun Turkiyaning janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatida magnitudasi 4,2 balli zilzila qayd etildi, deb xabar qilmoqda Turkiya tabiiy ofatlarni boshqarish markazi (AFAD).
"Departament xabariga ko‘ra, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 19.25 da, Goksun aholi punkti yaqinida qayd etilgan. Zilzila episentri 7,07 kilometr chuqurlikda joylashgan", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatida to‘qqiz soatlik interval bilan 7,7 va 7,6 magnitudali kuchli zilzilalar sodir bo‘lgan edi. O‘shanda yer silkinishlari mamlakatning 11 viloyati va qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriyada ham sezilgan. Turkiya hukumati zilzilalarni “asr falokati” deb atadi. Turkiya janubi-sharqida 6-fevral kuni yuz bergan zilzila qurbonlari soni 50,5 ming kishiga yetdi.