Transport nazorati inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi

Jamshid Karimov Transport nazorati inspeksiyasi rahbari bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Jamshid Karimov Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Karimov 2020-yilning fevralidan buyon u IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari — yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Undan avval Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari — yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Transport nazorati inspeksiyasiga vaqtincha Faxriddin Salixov rahbarlik qilib kelayotgan edi.