TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Bugun Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi, deb xabar berdi shahar hokimligi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtnda rekonstruksiya, sozlash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli 30-oktabr kuni soat 08:00 dan 31-oktabr kuni soat 20:00 ga qadar quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Yunusobod tumanida:
Yunusobod-2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18 va 19-dahalari;
Anorzor, Shahriston, Kulolqo‘rg‘on, Turkiston, Bobodehqon, Obod mahallalari qisman;
Moyqo‘rg‘on, Registon, Mirzaahmedova ko‘chalari hamda ToshGRES mitti tumanidagi xonadonlar.
Mirzo Ulug‘bek hamda Yunusobod tumanlarida joylashgan ulgurji iste’molchilar:
1-sonli qozonxona;
“Yunusobod metan”, “Edem” bolalar uyi, “Drim gaz”, “Xubit gaz”, “Laziz savdo”, “Aleks Ploya biznes” “Delyuks trans servis”, “Nak”, “Absolyut” avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGNKS);
“Deutsche Kabel AG”, “Toshkent fayz agro”, “Macro” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;
“New Medical Services” klinikasi;
19-daha ro‘parasidagi maishiy xizmat majmuasi.
"Yunusobod tumanidagi qator manzillarda gaz bosimi pasayishi kutilmoqda. Shu sababli aholidan gaz uskunalariga e’tiborli bo‘lib, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raladi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 30 va 31-oktabr kunlari 1-IM hududidagi "Hududgaz Poytaxt" filiali gaz ta’minotini to‘xtatadi. Shu sababli Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi.