O‘zbekiston Xitoy bilan kiberxavfsizlik yo‘nalishida hamkorlik qilishi kutilmoqda

Xitoy va O‘zbekiston kiberxavfsizlik yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston Xitoy bilan kiberxavfsizlik yo‘nalishida hamkorlik o‘rnatish masalasini muhokama qildi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Xitoyning kiberxavfsizlik sohasiga ixtisoslashgan yirik "Meiya Pico" kompaniyasi bosh direktorining xalqaro marketing bo‘yicha o‘rinbosari Li Yiyao hamda xalqaro bozorlar bo‘yicha direktori Chjen Jie bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda kompaniya faoliyati va O‘zbekiston bilan kiberxavfsizlik yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Internetda kiberxavfsizlik, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish yo‘nalishlarida mazkur kompaniya bilan aniq kelishuvlarga erishish maqsadida "Meiya Pico" mutaxassiclari O‘zbekistonga taklif etildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, "Meiya Pico" Fuszan provinsiyasining Samen shahrida joylashgan bo‘lib, Xitoyda raqamli sud ekspertizasi va kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Uning Xitoyda 24 filiali bor. "Meiya Pico" mamlakatda raqamli sud ekspertizasi bozorining 40 foizidan ortig‘ini qamrab olgan.