TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Mudofaa vazirligi jamoasi Koreya Respublikasida ilk bor o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ishtirok etib, eng yuqori natijani qayd etdi.
O‘zbekistonlik harbiylar Koreyadagi xalqaro musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi
© Press-slujba ministerstva oboroni Uzbekistana
Mazkur musobaqa davomida jangovar harakatlar reallikka yaqin bo‘lishi uchun shahar va tog‘ hududlarida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda tomonlar qarama-qarshi kuch sifatida jang olib bordi. Unda asosan, dunyoning yetakchi davlatlaridan saralangan jamoalar ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik harbiylar Koreyadagi xalqaro musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi
© Press-slujba ministerstva oboroni Uzbekistana
"O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi puxta va samarali tashkillashtirilgan tayyorgarlik natijasida musobaqa mobaynida jasurlik, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, yuksak darajadagi kasbiy va ruhiy tayyorgarlik, shuningdek, shaxsiy tarkibning jipsligini namoyon etdi", — deyiladi xabarda.
O‘zbekistonlik harbiylar Koreyadagi xalqaro musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi
© Press-slujba ministerstva oboroni Uzbekistana
Musobaqaning 12 ta “jangi”da o‘zbekistonlik harbiylar 10 ta g‘alaba bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa AQSh hamda Koreya respublikasi jamoalariga nasib etdi — to‘rttadan g‘alaba.