Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 30-oktabrning asosiy xabarlari

Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 30-oktabr hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi bo‘linmalari Sinkovka va Timkovka aholi punktlari hududlarida UQKning 54-mexanizatsiyalashgan va 57-moto-o‘qchi piyoda brigadalarining to‘qqizta hujumni qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 90 nafar harbiy xizmatchi (qurbon va yarador), ikkita tank, uchta piyoda jangovar mashinasi va ikkita mashinani tashkil etdi.
Krasniy liman yo‘nalishila "Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Grigorovka va Kirovo aholi punktlari hududlari da UQKning 24-mexanizatsiyalashgan brigadasi va Milliy gvardiyaning 5-brigadasining ikkita hujumni qaytardi. Ukrainaning kunlik yo‘qotishlari 70 tagacha harbiy xizmatchi va uchta yuk mashinasini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Mariinka, Andreyevka va Klesheyevka aholi punktlari hududlarida UQKning 22-mexanizatsiyalashgan, 79-havo hujumi va 4-tank brigadalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi umumiy yo‘qotishlari 285 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnikani, uchta avtomashinani tashkil qildi.
Artilleriyaga qarshi jang paytida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasiga zarba berildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlar guruhi Priyutnoe, Novomixaylovka, Nikolskoe va Ugledar aholi punktlari hududlarida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan, 79-havo hujumi, 105 va 118 -hududuiy mudofaa bo‘limlari inishchi kuchi va texnikasi to‘plangan joylariga zarba berdi. Dushman 100 dan ortiq askarini, ikkita zirhli transportorini, ikkita yuk mashinasini va "Giatsint-B" to‘pini yo‘qotdi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari Rabotino qishlog‘ida UQKning 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 220 nafargacha harbiy xizmatchilarni, ikkita tank, shu jumladan Germaniyada ishlab chiqarilgan Leopard, ikkita zirhli jangovar mashina va uchta yuk mashinasi.
Bundan tashqari, artilleriyaga qarshi jang paytida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va "Msta-B" gaubitsasi zarbaga uchradi.
Xerson yo‘nalishida Rossiya zarbasi bir sutkada UQKning 70 nafargacha harbiy xizmatchi va 3 ta texnikasini yo‘q qildi. Msta-B va D-20 gaubitsalari, shuningdek, "Giatsint-B" to‘piga zarba berildi.
Rossiya aviatsiyasi, uchuvchisiz apparatlari, raketa kuchlari 128 ta hududda UQKning shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasini mag‘lub etdi. Bundan tashqari, Cherkas viloyatining Dubevka qishlog‘i hududida Ukraina Qurolli kuchlarining aviatsiya qurollari arsenali yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Stepovaya Novoselovka, DXRning Serebranka va Nikolayev viloyatining Lepetixa aholi punktlari hududlarida UQKning 43-, 67-mexanizatsiyalashgan, 35-dengiz piyodalari brigadasi va 31-operativ brigadaning nazorat postlariga zarba berildi.
Havo mudofaa tizimlari kun davomda 2ta AQShda ishlab chiqilgan HIMARS raketasini tutib oldi. Shuningdek, Xarkov viloyatining Olshana, LXRning Kremennaya, Zolotarevka, Nirkovo, Belogorivka, DXRning Staromlinovka, Novoluganskoe, Verxnetoretskoe, Chapayevka, Ocheretovatoe, Krinki va Proletarka aholi punktlari hududlarida UQKning 39 ta uchuvchisiz apparatini yo‘q qildi.
Umumiy hisobda maxsus harbiy operatsiya boshlangandan Ukraina 517 ta samolyot, 253 ta vertolot, 8431 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa tizimi, 13019 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1170 ta raketali jangovar texnika, 6913 ta dala artilleriya tizimlari va minomotlar, shuningdek, 14 776 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.