YeOII JSST bilan birgalikda infeksiyalarga qarshi kurashadi

Aholining sanitariya-epidemiologiya farovonligi sohasida YeIK va JSST o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. YeOII JSST bilan birgalikda infeksiyali kasalliklarga qarshi kurashadi. Bu haqida YeIK sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralari Departamenti direktori Natalya Jukova va JSSTning Yevropa bo‘limi boshlig‘i Xans Klyuge tomonidan imzolangan Tadbirlar rejasida aytib o‘tilgan.
“YeIK va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasidagi muloqot yangi, yuqori bosqichga ko‘tarildi va Komissiya va JSST Yevropa mintaqaviy burosi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi tuzilganidan beri faol rivojlanishda davom etmoqda”, dedi Jukova.
Uchrashuv JSST Yevropa mintaqaviy qo‘mitasining Ostonadagi 73-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
YeIK xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini, Yevropa davlatlari rezidentlarining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida integratsiya va yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilgan.
JSSTning 73-sessiyasi tadbirlari doirasida Natalya Jukova, shuningdek, Ittifoq davlatlarining vakolatli organlari vakillari hamda MDH mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirliklari, va sanitariya choralarini qo‘llash sohasidagi xalqaro tashkilotlar vakillari bilan bir qator ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi.
YeIK va JSSTning Yevropa burosi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi 2021-yilda imzolangan edi. Uning maqsadi – aholi salomatligini saqlash va ta’minlashning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha YeIK va JSST o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, Yevroosiyo mintaqasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning umumiy yo‘nalishlari va o‘zaro kelishilgan hamkorlik shakllarini aniqlash.