TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Afg‘onistonda 29-31 oktabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada O‘zbekiston elektrotexnika sanoati mahsulotlari namoyish etildi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya tarkibida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi korxonalari ham ushbu ko‘rgazmada faol ishtirok etdilar.
Ko‘rgazmada "O‘zeltexsanoat" uyushmasi Afg‘oniston bozorida talabgir bo‘lgan 30 dan ortiq mahsulotlarni namoyish etishdi. Ular orasida kabel-sim mahsulotlari, quyosh panellari, inventerlar, maishiy texnika vositalari, sim-kartalar va boshqa elektrotexnika mahsulotlari taqdim etildi.
Afg‘oniston hukumati vakillari bilan muzokaralar olib borgan uyushma Mirziyod Yunusov raisi ularga O‘zbekiston elektrotexnika sanoati imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi, ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari o‘rnatish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Ko‘rgazma doirasida Afg‘oniston tashkilotlari bilan elektrotexnika mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.