Harorat ko‘tariladi — Toshkentda 29-oktabr uchun ob-havo

Kechasi 10-12, kunduzi 26-28 daraja iliq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Bugun Toshkentda harorat +28 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 26-28 daraja iliq bo‘ladi.