Sayohat paytida turistlar asosan nimadan qo‘rqishlari ma’lum bo‘ldi

Turistlar sayohat davrida asosan nimadan ko‘proq qo‘rqishlari yuzasidan so‘rov o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Turistlar sayohat xarajatlariga pul sarflaganlarida aldanib qolishdan ko‘proq qo‘rqishadi. Bu haqda RIA Novosti “Aviaseyls”ga tayanib xabar berdi.
Xizmat tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 73 foizi turar joy yoki aviachiptalarni bron qilishda firibgarlarga duch kelishdan qo‘rqishadi.
Navbatdagi eng mashhur qo‘rquv — valyuta ayirboshlashda pul yo‘qotish. Bunga foydalanuvchilarning 14 foizi javob bergan. Shuningdek, 6 foizi taksiga buyurtma berishda firibgarlikka duch kelishdan, 5 foizi esa restoran yoki do‘konlarda aldanib qolishdan qo‘rqishadi.
Aslida, sayohatchilarning yarmidan ko‘pi hech qachon sayohat firibgarligini boshdan kechirmagan —55 foizi.