TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Ertaga Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining qator ko‘chalarida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda "Veolia Energy Tashkent" xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30 va 31-oktabr kunlari 1-IM hududidagi "Hududgaz Poytaxt" filiali gaz ta’minotini to‘xtatadi. Shu sababli Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi.
“Bizning asosiy issiqlik energiyasini yetkazib beruvchimiz "Toshkent issiqlik markazi" 1-IM qozonxonasi gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi. To‘xtash sababi "Hududgaz Poytaxt" yuqori bosimli gaz quvuridagi rejalashtirilgan ishlar bilan bog‘liq bo‘lib ishlar 30-oktabr kuni soat 08:00 dan 31-oktabr soat 20:00 gacha amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Issiq suvni o‘chirish quyidagi hududlarga ta’sir qiladi:
Yunusobod tumani: S-4, S-5, S-6 dahalari, A. Donish, Ergashev, Bodomzor, Bog‘ishamol, G‘ulomov, Gidrometeorologiya markazi, A.Temur ko‘chalari.
Mirzo Ulug‘bek tumani: Navnihol, Ne’mat, Shahriobod, Do‘rmon yo‘li, Mo‘minov, Ziyolilar, Xojiboyev, Qalandar, M.Ulug‘bek, Levitan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi gospitali hududi, Sayram, Buyuk Ipak Yo‘li, M. Yusuf, Mustaqillik, Oqqo‘rg‘on, Irgashev, K.Niyozov, Murtazayev, P.Salar, P.Pishpek ko‘chalari, H.Olimjon maydoni, S-1, S-2, Yalang‘och, Bo‘z-1, Parkent dahalari.
Yashnobod tumani: Botkina, Tashselmash, Mirzo Ulug‘bek dahalari, Riyoziy, Parkent, Siolkovskiy, Maxtimquli ko‘chalari.
Issiq suv ta’minotining to‘liq tiklanishi gaz ta’minoti qayta tiklanganidan va 1-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so‘ng (taxminan 31-oktabr yarim tunda) amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi issiqlik tarmoqlarini yangilash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yakunlangan edi. Unga ko‘ra, jami 68 km eskirgan quvurlar almashtirilgan. "Veolia Energy" kompaniyasi ma’lum qilishiga ko‘ra, bundan buyon, issiqlik tarmoqlarida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirdagina, "ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlar rejadan tashqari va mahalliy darajada amalga oshiriladi".