TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekistonda ayollar soni erkaklarga nisbatan kam, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha, shu yilning 1-oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etgan.
Erkaklar soni ayollar sonidan 246 018 nafarga ko‘proq.
Ayollar soni – 18 176 873 kishi
Erkaklar soni – 18 422 891 kishi
Eslatib o‘tamiz, respublika doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan. Aholi 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 63,9 ming kishiga oshgan. Har kun doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.