Mirziyoyev Erdog‘anni Turkiyaning milliy bayrami bilan tabrikladi

Davlat rahbari qardosh turk xalqiga tinchlik-omonlik, bardavom taraqqiyot va yuksalishlar yor bo‘lishini tiladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e’lon qilingan kunning 100-yilligi munosabati bilan prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga tabrik yo‘lladi. Bu haqida davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Maktubda strategik sheriklik aloqalari so‘nggi yillarda sifat jihatidan yuksak bosqichga ko‘tarilib, munosabatlardagi yangi tarixiy davrni boshlab bergani qayd etilgan.
"Nasib etsa, Siz bilan birgalikda xalqlarimizning umumiy ravnaqini ta’minlash yo‘lida kelishib olgan barcha yirik loyiha va aniq dasturlarni to‘liq amalga oshiramiz hamda ko‘zlagan ulkan marralarimizga albatta erishamiz", — deyiladi qutlovda.
Davlat rahbari qardosh turk xalqiga tinchlik-omonlik, bardavom taraqqiyot va yuksalishlar yor bo‘lishini tiladi.