Tatariston raisi Farrux Zokirovga xalq artisti unvonini berdi — video

Tatariston raisi Rustam Minnixanov “Yalla” guruhining badiiy rahbari Farrux Zokirovga “Tatariston xalq artisti” faxriy unvonining ko‘krak nishonini topshirdi
Minnixanovning ta’kidlashicha, Tatariston Rossiyaning Osiyo va Sharq mamlakatlari bilan do‘stona aloqalarini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Tatariston raisi Rustam Minnixanov “Yalla” guruhining badiiy rahbari Farrux Zokirovga “Tatariston xalq artisti” faxriy unvonining ko‘krak nishonini topshirdi. Bu haqda “Tatar-inform” xabar berdi.
Minnixanovning ta’kidlashicha, Tatariston Rossiyaning Osiyo va Sharq mamlakatlari bilan do‘stona aloqalarini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.
Farrux Zokirov Tataristonga “Rossiya-Sharq” (“Qozondagi Sharq bozori”) xalqaro milliy madaniyat festivalida ishtirok etish uchun tashrif buyurgandi.
Minnixanov Zokirovga festivalga ko‘rsatgan e’tibori, musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.