Toshkentning Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” massivida ro‘y bergan dahshatli portlashga bir oy bo‘ldi. Shu vaqt davomida aksariyat xonadonlarda tiklash ishlari yakunlandi, ayrimlarida esa hali ham davom etmoqda.
Qanday ishlar bajarildi va yana qanday ishlar amalga oshirilishi kerak? Bu haqda Sputnik muxbiriga hokimiyat vakili, mahalla raisi va xonadon egalari so‘zlab berishdi.