TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Fuqaro muhofazasi instituti faoliyati bilan tanishishdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
“Kuni kech, Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati, Fuqaro muhofazasi akademiyasi, Davlat yong‘in xavfsizligi akademiyasi, Sankt-Peterburg Davlat yong‘in xavfsizligi universiteti xodimlaridan iborat delegatsiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutiga tashrif buyurdi”, - deyiladi xabarda.
Sotrudniki MChS RF oznakomilis s deyatelnostyu Instituta grajdanskoy zashiti
© MChS
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida tashkil etilgan zilzilalar tarixi muzeyi, bilimlarni sinash, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatuvchi maxsus trenajorlar bilan jihozlangan o‘quv xonalari bilan yaqindan tanishdi.
Sotrudniki MChS RF oznakomilis s deyatelnostyu Instituta grajdanskoy zashiti
© MChS
Ta’kidlanishicha, delegatsiya a’zolari Fuqaro muhofazasi institutida aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga tayyorlash bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlarga yuqori baho berishdi.
Sotrudniki MChS RF oznakomilis s deyatelnostyu Instituta grajdanskoy zashiti
© MChS