TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Dehqonobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Zoir Aliqulov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Dehqonobod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
© ARGOS
Akrom Sulaymonov Dehqonobod tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Shahrisabz shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
© ARGOS