O‘zbekistonda Bangladesh tadbirkorlari kuni o‘tkaziladi

O‘zbekiston-Bangladesh hamkorlik aloqalari kengaymoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Bangladesh tadbirkorlari kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot kanalida xabar berildi.
Bugun, 27-oktabr kuni Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Abdusalom Xo‘jaqulov Bangladeshning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi doktor Muhammad Monirul Islom bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida savdo-sanoat, eksport-import masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda Bangladesh tadbirkorlari kunini o‘tkazishga kelishib olindi.