Medvedev: G‘arb Ukrainadan qattiq charchadi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari shu sabab ham G‘arb Isroilni qo‘llab-quvvatlay boshlaganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. G‘arb mamlakatlari Ukrainadan qattiq charchashgani uchun ham Isroilni “zavq bilan” qo‘llab-quvvatlashga kirishib ketishdi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
“G‘arb Ukrainadan qattiq charchadi. Va zavq bilan Isroilni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Mana hatto AQSh vakillar palatasining yangi spikeri Maykl Jekson (pardon, Mayk Jonson, nima farqi bor) o‘zining birinchi ishini Tel-Avivga yordam berish deb atadi”, - deya yozdi Medvedev o‘zining Telegram-kanalida.
Ma’lumot uchun, 7-oktabr kuni Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti Isroil hududiga ommaviy raketa zarbasi berdi va chegaraga yaqin hududlarga bostirib kirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari "G‘azo" sektoriga raketa zarbalari berdi va bombardiman qildi. Shuningdek, Isroil G‘azo sektorini to‘liq blokadaga oldi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatildi.
Rossiya ikkala tomondan ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Prezident Vladimir Putin Falastin-Isroil mojarosini faqat BMT Xavfsizlik Kengashining 1947-yildagi rezolyutsiyasini bajarish orqali hal qilish mumkinligini ta’kidlagan. Ya’ni poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish orqali.
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil har doim Ukraina ustidan ustunlikka ega bo‘ladi — sobiq agent