Dollar ko‘tarildi — 27-oktabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar so‘mga nisbatan 14,95 so‘mga qimmatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 14,95 so‘mga qimmatlashdi va 12 210,08 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,28 so‘mga tushdi va 12 876,75 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl 0,73 so‘mga pastladi, 130,48 so‘mni tashkil qildi.