TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Bugun Toshkentda harorat +20 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.