TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Yevropa Ittifoqining Brusseldagi sammitida yo‘l olayotgan Slovakiyaning yangi bosh vaziri Robert Fitso Rossiyaga qarshi sanksiyalar Slovakiyaga zarar keltirsa, ularni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Stol ustida sanksiyalarning Slovakiyaga ta’siri tahlili bo‘lmagunga qadar, Rossiyaga qarshi biror bir sanksiyalar uchun ovoz bermayman. Agar bizga zarar keltiradigan sanksiyalar bo‘lsa, hozirga qadar bo‘lgani kabi, men ularni qo‘llab-quvvatlash uchun biror bir sababni ko‘rmayapman”, - dedi Fitso.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalardan o‘zi ko‘proq zarar ko‘rgani xabar qilingan edi.
G‘arb Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Rossiyaga qarshi muntazam sanksiyalar kiritib kelmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Moskvani tiyish va zaiflashtirish siyosati G‘arb davlatlarining uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, cheklovchi choralar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning asosiy maqsadi millionlab odamlarning hayotini yomonlashtirishdir.