TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Samarqandda UNWTO tematik ofisi ochildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Samarqand UNWTO hamkorligidagi Tematik ofisning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili, UNWTOga a’zo davlatlar vazirlari va delegatsiyalari ishtirok etdi.
Samarqandda UNWTO tematik ofisi ochildi
© Komitet po turizmu
Tematik ofis UNWTO hamkorligida “Ipak yo‘li” xalqaro brendi loyihalari, tashabbuslari va tadqiqotlarini birlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
U Ipak yo‘lida turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan turizm sohasidagi tashkilotlar va ekspertlar faoliyatini kelgusida baholash va tavsiyalar berish uchun muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan.
Samarqandda UNWTO tematik ofisi ochildi
© Komitet po turizmu
“Ofis UNWTOning 1-toifali tashkiloti hisoblanadi, uning boshqaruv siyosatiga mos keladi va Tashkilotning ish va budjet dasturining ajralmas qismi hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Ofis binosi Samarqand shahridagi "Bobur Mirzo" ko‘chasida joylashgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda UNWTO vakolatxonasi ochilishi mamlakatning Ipak yo‘li mamlakatlari orasida sayyohlik bozorida yetakchi o‘rinni egallashi va sohani innovatsion rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni jalb etishi uchun zamin yaratadi.