Qozog‘iston parlamenti Majilisi raisi O‘zbekistonga keldi

Mehmonlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Qozog‘iston parlamenti Majilisi raisi O‘zbekistonga keldi, deya xabar berdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.
Mehmonlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov kutib oldi.
Tashrif davomida Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasining Oliy Majlis palatalari rahbarlari bilan uchrashuvlari, ko‘hna Samarqandning tarixiy va me’moriy obidalariga tashrifi rejalashtirilgan.