O‘zbekiston vakili Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining nufuzli lavozimiga saylandi

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Osiyo paralimpiya qo‘mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vakili bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining nufuzli lavozimiga yana bir O‘zbekiston vakili saylandi, deya xabar berdi Milliy paralimpiya qo‘mitasi.
Xanchjou shahrida davom etayotgan Paraosiyo o‘yinlari paytida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining ijroiya kengash a’zoligi hamda mintaqaviy vakillar bo‘yicha saylovlar o‘tkazildi.
Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining nufuzli lavozimiga yana bir O‘zbekiston vakili saylandi

“Unda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Farrux Ahmedov Osiyo paralimpiya qo‘mitasining (APC) Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vakili sifatida saylandi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Xanchjou-2022 yozgi Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston tarixida ilk bora katta tarkib – 11 sport turida 108 nafar para atlet bilan ishtirok etmoqda. Vakillar para shaxmat, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para velosport, para taekvondo va para stol tennisi dasturlarida debut qilishadi.
Musobaqa davomida para o‘q otish, para stol tennisi, para yengil atletika, para dzudo, para taekvondo, para pauerlifting, para velosport, para kanoe, para akademiya, para suzish dasturlarida para atletlar medallar qatori Paralimpiya o‘yinlari litsenziyalari hamda reyting ochkolari uchun ham kurash olib borishmoqda.