TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil noyabr oyining boshida Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 3-noyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostana shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) yubiley X sammiti bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda tashkilotga a’zo davlatlar – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya rahbarlari ishtirok etadi.
Sammitda, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Turkmaniston va Vengriya yetakchilari ham qatnashadi.