Deputatlar Abdurahmonov nomzodini qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga ma’qullashdi

Deputatlar Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Ibrohim Abdurahmonov nomzodini ko‘rib chiqib, ma’qullashdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Deputatlar qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Ibrohim Abdurahmonovning nomzodini ma’qullashdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Ibrohim Abdurahmonov nomzodini ko‘rib chiqdilar.
Majlisda Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha o‘z harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

"Deputatlar Ibrohim Abdurahmonov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga ma’qulladilar", - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatida o‘tgan yig‘ilishda Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi e’lon qilingan edi.
Bunga qadar Abdurahmonov O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.