TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Olimpiya shon-shuhrati muzeyida bir guruh O‘zbekiston sporti faxriylariga I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Tadbirda Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Durdona Rahimova, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, “Nuroniy” jamg‘armasi raisining o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev, mamlakat sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov ishtirok etishdi.
Gruppa veteranov uzbekskogo sporta nagrajdeni za svoi mnogoletnie trudi
© NOK
Jamg‘arma Vasiylik kengashining qarori bilan uzoq yillar O‘zbekiston sportining rivojiga hissa qo‘shgan Lev Yugay, Anvar Avazxo‘jayev, Shuhrat Najimov, Bahodir Bilolov, Aleksandr Istomin, Vacheslav Soloxo, Klara Shokirjonova, Vladimir Patayev, Rinat Yunusov, Baxtiyor Rajabov, Azim Alimovlar I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.
Gruppa veteranov uzbekskogo sporta nagrajdeni za svoi mnogoletnie trudi
© NOK
Faxriylar davlat tomonidan ko‘rsatilgan ushbu ehtiromdan mamnun ekanliklarini bildirdi.
Gruppa veteranov uzbekskogo sporta nagrajdeni za svoi mnogoletnie trudi
© NOK