TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda "Milliy" telekanali dasturida ma’lum qilindi.
Hodisa 15-oktabr kuni Oqdaryo tumani Taraqqiyot mahallasidagi dala hovlida sodir bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Oqdaryo tumanida zaharlanib, vafot etganlar 53 yoshli ayol, 9 yoshli qiz va 3 yoshli o‘g‘il bola bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi "a" bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.