Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya dronlari “Leopard 2” tanklarini yo‘q qilmoqda – video

Maqtalgan yana bir G‘arb tanki Rabotino qishlog‘i yaqinida ishdan chiqarilgan.
Sputnik
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Zaporojye viloyatida Rossiyaning FPV dronlari Germaniyaning “Leopard 2” tankini qanday yakson qilingani aks etgan video e’lon qilindi.
Maqtalgan G‘arb tanki Rabotino qishlog‘i yaqinida ishdan chiqarilgan. Kadrlarda maydon uzra o‘q uzib ketayotgan “Leopard 2” ustiga dron kamikadze kelib tushib, uning kulini ko‘kka sovurganini ko‘rish mumkin.
Avvalroq ukrainalik harbiylar Germaniyaning “Leopard” tanklari dronlarga qarshi samarasiz ekanidan shikoyat qilishayotgani xabar qilingan edi.
"Leopard" tanklarini ishlab chiqaruvchi konsern Ukraina sabab katta zarar ko‘rdi — OAV