Nega uyda o‘tirishim kerak? Urganchlik 93 yoshli otaxon — video

Urganchlik 93 yoshli otaxon yarim asrdan beri guruch sotadi va hali beri dam olish niyati yo‘q.
Sputnik
Urganchlik otaxon Shomurod Do‘schanov bu yil 93 yoshga to‘ldi. U kishi har kuni ertalab bozorga chiqadi. Nega shu yoshda ham dam olmayotgani haqidagi savolga:

"Sholichilik ota kasbim. Odamlarga foydam tegsa, ular bilan suhbat qilib bahrim ochilsa, nega uyda o‘tirishim kerak?", - deb javob beradi.

Shomurod otaning besh farzandi va ko‘plab nabiralari bor. Ular ham bugun sholichilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishadi.
U kishi foydalanayotgan pallali tarozi ham 1978-yilda ishlab chiqarilgan va otaxon undan voz kechish niyati yo‘q.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.