TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Insoniyat AQSh hukumati tomonidan olib borilayotgan siyosat tufayli Uchinchi jahon urushi sari qarab bormoqda. Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask shunday fikr bildirdi.
“Men o‘ylaymanki, biz o‘zimizga hisob bermagan holda bir ahmoqona qator ortidan boshqasini qabul qilib, Uchinchi jahon urushi sari qarab ketapmiz”, - dedi Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi audiokonferensiya chog‘ida.
Uning fikricha, Vashington tanlagan siyosiy yo‘nalish Rossiya va Eronni Xitoy bilan ittifoq tuzishga majburlamoqda. Ular birgalikda esa G‘arbga nisbatan munosib qarshi turishlari mumkin.
Bu ikki tomon manfaatlari to‘qnashgan taqdirda AQSh boshchiligidagi koalitsiya jangovar harakatlarda uning g‘alabasini ta’minlashi mumkin bo‘lgan sanoat qudratida yaqqol ustunlikka ega bo‘lmasligi mumkin “keng ko‘lamli kurashni” kutish mumkin.
“Rossiyaning xom ashyosi, Xitoyning esa sanoat salohiyati bor. Rostini aytganda, urush nuqtayi nazaridan ideal uyg‘unlik”, - dedi Mask va AQSh hukumati qarama-qarshilik siyosatidan voz kechishga chaqirdi.
“Bu aqlsizlik, va men o‘ylaymanki, bu sivilizatsiya uchun ulkan xatarga olib keladi. <...> Biz Uchinchi jahon urushidan hech qachon o‘zimizga kela olmasligimiz inkor qilinmaydi. O‘ylaymanki, hozir uning xavf-xatari tez sur’atda oshib bormoqda”, - deya xulosa qildi tadbirkor.