Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi e’lon qilindi

 Ibroxima Abduraxmonov.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi haqida e’lon qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi e’lon qilindi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qarshi shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
"Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi haqida e’lon qilindi", — deb yozadi Asadov o‘zning Telegram-kanalida.
Ma’lumot uchun, Ibrohim Abdurahmonov 2022-yil O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlangandi.
Ibrohim Abdurahmonov 1975-yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 1992-1997 yillarda Toshkent davlat universiteti, 2001-yil AQShdagi Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.