Boks: o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l olishdi

Bokschilarning 6 nafari keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l olishdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bugungi 24-oktabrdagi bahslari o‘z yakuniga yetdi. Unga ko‘ra 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqich masalasini hal qildi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
Ular quyidagilar:
Muhammadg‘iyos Sobutxanov
Miralijon Mavlonov
Samandar Olimov
Robiyaxon Baxtiyorova
Uzukjamol Yunusova
Mushtariybonu Ibrohimjonova
Afsuski, Shohrux Abdumalikov turkmanistonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
O‘zbekistonlik yosh bokschilar Osiyo chempionatida ishtirok etishadi — tarkib