Paraosiyo o‘yinlari: o‘zbekistonlik sportchilar kunni oltin medal bilan boshlashdi

Sportsmen vo vremya zayezda na baydarkax i kanoe
Para-kanoe bo‘yicha ikkita oltin medal qo‘lga kiritildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Paraosiyo o‘yinlarida ikkinchi kun bellashuvlari O‘zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Para-kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida KL3 klassida bahslar yakunlandi. Unda Hasan Qo‘ldashev marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, para-kanoechilar ikkinchi startni ham omadli o‘tkazishdi. Shahnoza Mirzayeva ayollar o‘rtasida KL3 klassida kechgan poygada marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tib, oltin medalni naqd qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘arish bo‘yicha 2-o‘rinda bormoqda.
Paraosiyo o‘yinlari: o‘zbekistonlik sportchilar 10 dan ortiq medallarga ega chiqishdi