TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Kiyevdagi o‘q-dorilar yetishmovchiligi Ukrainadagi korrupsiyaning haddan tashqari yuqori darajasi bilan bog‘liq, dedi RIA Novosti agentligiga Moskvadagi manba.
“Ukraina Qurolli kuchlari o‘rtasida o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ taqchilligi nafaqat faol jangovar harakatlar, balki Ukrainadagi korrupsiyaning haddan tashqari darajasi va G‘arb qurollaridan foydalanish ustidan nazorat yo‘qligi bilan ham bog‘liq”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy mahsulotlar qora bozorga kirib, jinoiy va radikal guruhlar qo‘liga tushib, boshqa mintaqalarda yuzaga chiqadi, bu esa xavfsizlik holatiga ta’sir qiladi.
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal "Financial Times" gazetasiga yaqinda bergan intervyusida aytishicha, Kiyevda o‘q-dorilar taqchilligi kuzatilmoqda. U butun dunyoda snaradlar tugab qolgani, Ukraina tomoni esa o‘zinikini ishlab chiqarishni boshlashi zarurligidan shikoyat qildi.
Iste’fodagi LXR podpolkovnigi Andrey Marochkoning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Ukraina harbiylari 2023-yilda chiqarilgan Amerika o‘q-dorilaridan Krasniy Liman yo‘nalishida foydalanishni boshlagan. Uning ta’kidlashicha, avvalroq frontning ushbu qismida Ukraina Qurolli kuchlari 2019-2021 yillarda ishlab chiqarilgan raketalardan foydalangan.