Mirziyoyev rejalashtirilmagan holda Qarshidagi maktabni borib ko‘rdi — foto

Davlat rahbari sinfxonalarni kirib ko‘rdi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktabni rejalashtirilmagan holda borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yerda ayni paytda 1 ming 400 ga yaqin o‘quvchi o‘qimoqda. Ularga yuzdan oshiq malakali pedagoglar ta’lim bermoqda. Maktab o‘tgan yili kapital ta’mirlangan. O‘quvchilarga bitta kasb-hunar va ikkita xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan.
Davlat rahbari sinfxonalarni kirib ko‘rdi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Maktab sharoitlari, darsliklar sifati bilan qiziqdi.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6
Mutasaddilarga ijtimoiy muassasalarni issiqlik bilan ta’minlash, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. O‘z navbatida, maktablarning qurilish standartlarini zamonaviylashtirish, bunda infratuzilma bilan ta’minlanganlik, funksionallik va energiya samaradorligi bilan bog‘liq barcha mezonlarni nazarda tutish zarurligi ta’kidlandi.
“Yashil makon” loyihasi doirasida maktablar atrofida ko‘chat ekish ishlariga ham e’tibor qaratildi.
“Maktab bor joyda madaniyat bo‘ladi. Pedagoglar boshqalarga har jihatdan o‘rnak. Maktab atrofi obod bo‘lib, mavsumiy gullar yashnab tursa, yoshlarga ham tarbiya, ham da’vat bo‘ladi”, – dedi davlat rahbari.
Mirziyoyev Qarshidagi tibbiyot birlashmasi ahvoli bilan tanishdi — foto