MDH media-forumining biznes dasturi e’lon qilindi

Forum Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, kommunikatsiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi ko‘magida "Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi tomonidan tashkil etilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Shu yilning 1-noyabr kuni "Rossiya segodnya" xalqaro multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tadigan II MDH media-forumining biznes dasturi ma’lum qilindi.
Yalpi majlis mavzusi – “Xalqaro jurnalistikaning kelajagi”, panel sessiyalarini media sohasida sun’iy intellektdan foydalanish, Telegram-kanallarini yuritishning samarali strategiyalari, Hamdo‘stlikning rus tilidagi ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va raqamli davrda ixtisoslashtirilgan fakultet talabalarini tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlashga qaror qilindi.
Tadbir Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, kommunikatsiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi ko‘magida "Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi tomonidan tashkil etildi. Muhokamalarda siyosiy elita, ommaviy axborot vositalari va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etadi.
2022 yilda MDH davlatlarining birinchi media-forumida Rossiya, yaqin va uzoq xorij davlatlaridan 300 ga yaqin jurnalist, siyosatchi va ekspertlar ishtirok etgan.
Ishtirokchilar va OAV vakillari Mediaforum veb-saytida akkreditatsiyadan o‘tishlari mumkin.