Isroil-Falastin mojarosi

Isroil urushning yangi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qildi

Mudofaa vaziri Gallant: Isroil G‘azo sektorida halokatli hujumni amalga oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Isroil urushning yangi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, bu murakkab hujumni o‘z ichiga oladi. Bu haqida Mudofaa vaziri Yoav Gallant harbiy-dengiz kuchlari xodimlariga murojaatida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Biz hujumni davom ettiramiz. Bu havodan, quruqlikdan va dengizdan halokatli kombinatsiyalangan hujum bo‘ladi", - dedi u.

Tomonlarning hududiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan Falastin-Isroil mojarosi mintaqada o‘nlab yillar davomida keskinlik va janglar manbai bo‘lib qolmoqda.
7 oktabr kuni ertalab Isroil G‘azo sektoridan raketa hujumiga uchragach, qarama-qarshilikning yangi bosqichi boshlandi. Keng ko‘lamli o‘qqa tutilganidan so‘ng HAMAS jangarilari yahudiy davlatining janubidagi chegara hududlariga kirishdi.
Harakatning harbiy qanoti “Al-Qassam” brigadalari "Al-Aqso to‘foni” operatsiyasini e’lon qildi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi.
Hujum ortidan bir necha kun ichida Tel-Aviv chegara yaqinidagi barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va anklavdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga qarshi havo hujumlarini boshladi. Bundan tashqari, Isroil G‘azoni to‘liq qamal qilinganini e’lon qildi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatildi.
G‘azo sektorida qurbonlar soni besh mingdan oshdi, 15 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Isroilda 1,3 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Bundan tashqari, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 250 nafargacha odam HAMAS qo‘lida garovda.