TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Qo‘shma Shtatlarda to‘satdan Isroil uchun juda ko‘p artilleriya snaradlari paydo bo‘lib qoldi, garchi ular ilgari Ukraina uchun ularning yetishmasligi haqida e’lon qilgan bo‘lsalar ham. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Rey Makgovern "Judging Freedom" kanaliga bergan intervusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ukrainaliklarning Vashingtonda juda kuchli lobbi bor, biroq Isroilniki bilan solishtirganda bu lobbi zaifroq. <...>. Gap nimada — bizda 155 mm snaradlar tugab qoldimi? Bizda ular kam, deb javob berishgan edi. Va to‘satdan bizda Isroilga yuborish uchun bir nechta snaradlar paydo bo‘lib qoldi", — dedi razvedka xodimi.
Makgovernning so‘zlariga ko‘ra, o‘q-dorilar yetkazib berish masalasida Isroil doimo Ukrainadan ustunlikka ega bo‘ladi.
Shuningdek, tahlilchining qo‘shimcha qilishicha, NATOda artilleriya snaradlari yetishmasligi haqidagi xabarlar G‘arbning Rossiyaning Yevropaga tahdidi haqidagi bayonotlari yolg‘on ekanligini ko‘rsatmoqda.
"Rossiyaga qarshi jang qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy jihozlar 1991-yildan 2014-yilgacha ishlab chiqarilmagan, hatto o‘shanda ham ishlab chiqarish sekinlashgan", - deb ta’kidladi Makgovern.