TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Rossiya va Ukraina tom ma’noda bu bir oila ekanini aytdi.
Maskning fikricha, okoplarda ukrain yoshlarini behuda qurbon qilishni bas qilish, sulh tuzib, Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash jarayonini boshlash kerak.
“Rossiya va Ukraina – bu tom ma’noda amakivachchalar. Ukrainaliklarning Rossiyada qarindoshlari bor, rossiyaliklarning Ukrainada qarindoshlari bor. Ular ko‘p yillar davomida bir mamlakatning qismi bo‘lishgan”, - dedi u X ijtimoiy tarmog‘idagi audiokonferensiya chog‘ida.
Tadbirkorning ta’kidlashicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasida ginalar bor, biroq ular tom ma’no bir oiladir.
“Men o‘ylaymanki, biz G‘arbda ularni ular o‘z o‘g‘illarini o‘ldirishiga turtkilayapmiz, va nazdimda, bunday qilish noto‘g‘ri”, - deya qo‘shimcha qildi Mask.