"Biz janob Baydenning fikriga to‘liq qo‘shilamiz. Bu kamdan-kam sodir bo‘ladi, lekin bu safar uning aytganlariga mutlaqo qo‘shilamiz", dedi dushanba kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. So‘nggi yillarda Kreml va Oq uy o‘rtasida to‘liq kelishuv haqida kamdan-kam eshitganmiz. Va endi bu sodir bo‘ldi!
Bu Jo Baydenning saylov kampaniyasi donorlari uchun o‘tkazilgan tadbirda aytgan bayonoti edi. AQSh prezidenti duduqlanib gapirar ekan, shunga qaramay: “Bizga yangi dunyo tartibi kerak” degan iborani ochiq aytdi.
G‘arb so‘nggi bir necha yil davomida Rossiya va Xitoyni "mavjud dunyo tartibini yo‘q qilishga" urinishda ayblab kelayotgan edi-ku? Bizga qarshi sanksiyalar ham shundan kelib chiqqan edi. Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat departamenti rahbari Josep Borrel o‘tgan yili bunday sanksiyalar yordamida ushbu dunyo tartibini Rossiya tajovuzidan himoya qilishini aytgan edi
O‘tgan yilning bahorida AQSh davlat kotibi Entoni Blinken BMT Xavfsizlik Kengashida nutq so‘zlab, butun nutqini Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan tartibni himoya qilish zarurligiga bag‘ishladi. "Bizning maqsadimiz shunchaki bu tartibni himoya qilish, saqlash va jonlantirishdir", - degan edi u tantanali ravishda.
Liberal ommaviy axborot vositalari esa Oq uyning mavjud dunyo tartibini o‘zgartirish niyatlarini rad etish uchun bir talay kuch sarfladi. Masalan, USA Today gazetasi Baydenning bunday rejalari haqidagi "fitna nazariyalarini" qat’iyan rad etgan materiallarni bir necha bor nashr etdi. O‘tgan yilning mart oyida u shunday deb yozgan edi: "Bayden "yangi dunyo tartibi" haqida gapirdi, lekin u dunyo hukmronligidagi fitna nazariyasi haqida emas, Rossiya-Ukraina mojarosi natijasida xalqaro maydoda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni tasvirlab berdi". Keyin u shunga o‘xshash dalillarni nisbatan yaqinda, bir yarim oy oldin takrorladi. Hozir esa Bayden o‘z rejalarini ochiqchasiga e’lon qilmoqda, go‘yo bu bayonotlarni rad etapti.
Hamma tushunadiki, AQSh prezidenti hozir o‘z fikrlarini aniq shakllantira oladigan darajada emas, balki chuqurroq strategiyalar. Uning so‘zlarini tushunish uchun siz Bayden uchun nutq va rejalar tuzadigan kishilarni tinglash kerak. Shu o‘rinda Blinkenning o‘tgan oy aytgan “yangi davrda Amerika diplomatiyasining muammolari” mavzusidagi asosiy nutqiga murojaat qilgan ma’qul. Unda u Sovuq urushdan keyingi jahon tartibi tugashini va AQSh boshchiligida barpo etiladigan yangi tuzum boshlanishini so‘zsiz e’lon qiladi. Bayden endi bu uning ma’muriyatining rasmiy siyosati ekanligini tasdiqladi.
Baydenning bu bayonotlari liberal ommaviy axborot vositalari tomonidan darhol qabul qilindi targ‘ibot boshlandi. Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson birinchilardan bo‘lib "Bayden haq. Amerika — erkinlik va demokratiyaga qarshi qaratilgan yovuzlikka qarshi Yer sharidagi so‘nggi va eng yaxshi umid" mavzusida maqola chop etdi. Bundan ortiqroq "qullik" bo‘lmasa kerak!
Uinston Cherchill tarafdori va “Global Britaniya” kontsepsiyasi muallifi Jonson o‘z maqolasida o‘z mamlakati endi jahon gegemoni rolini o‘ynay olmasligini tan olishga majbur bo‘ladi, shuning uchun u bu joyni Qo‘shma Shtatlar uchun bo‘shatib beradi. Jonsonning fikri oddiy: “Men bugungi har qanday nomzoddan ko‘ra (u Xitoy va Hindistonni sanab o‘tgan) AQSh yetakchi bo‘lishini afzal ko‘raman. AQSh prezidenti o‘z yetakchiligini e’lon qilganini eshitish yoqimli bo‘ldi. To‘g‘ri jamoa g‘alaba qozonishiga yordam beraylik."
Mana shu yerda bizning yo‘limiz boshqa-boshqa bo‘ladi. Biz Vashington bilan rozi emasmiz. Dmitriy Peskov ta’kidlaganidek, dastlab, yangi dunyo tartibini yaratishni e’lon qilgan Rossiya rahbariyati ko‘p qutbli dunyo yo‘lini tanlaganini e’lon qildi. Bu g‘oya Xitoy tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.
Bayden, Blinken, Jonson va boshqa o‘zlarini yangi dunyo tartibining mafkurachilari deb e’lon qilganlar bizga tushuntirmoqchi bo‘layotgan g‘oyalar allaqachon Redard Kiplingning "Oq odamning yuki" she’rida aniq aytib o‘tilgan. Yovvoyi "yarim jin, yarim bolalarni" boshqaring va ularning erkinligi haqida gapirishni hatto o‘ylamang...
Rossiyalik siyosatshunos Sergey Mixeyev bu konsepsiyani mutlaqo aniq ta’riflab berdi: "G‘arb elitasi dunyo ustidan yagona nazorat o‘rnatishni taklif qilmoqda. Biz bir o‘zimiz barchangizni boshqaramiz va siz bundan xursand bo‘lishingiz kerak. Shu bilan birga, biz barchangizni oliy, birinchi, ikkinchi va uchinchi toifli fuqarolarga ajratamiz".
Axir bu bugungi dunyoning o‘ziku. U allaqachon hech kimni qoniqtirmaydi. Shu sababli ham nizolar kelib chiqmoqda. Hammasiga sabab Vashingtonning Rossiyani dunyo tartibini o‘zgartirishga urinishda ayblash va bir vaqtning o‘zida uning o‘zi ham xuddi shu ish bilan shug‘ullanmoqda. Barcha qarama-qarshiliklar ildizi ham shunda. Rossiyalik senator Aleksey Pushkov yozganidek, "Qo‘shma Shtatlar yangi dunyoni boshqara olmaydi, chunki ular bor kuchi bilan eskisini ushlab turishga harakat qilmoqda".
Shunday qilib, biz qayd etishimiz mumkin: Vashington uzoq vaqtdan beri va o‘jarlik bilan eski dunyo tartibiga yopishib oldi hamda Rossiya va Xitoyni uni buzish niyatida aybladi, ammo hozir eski dunyoni saqlab qolishning iloji yo‘qligini tushundi. Va bu borada biz ularga qo‘shilamiz. Biroq, Bayden jamoasi Genri Kissinjerning "hech qanday davlatning bir o‘zi yangi dunyo tartibini shakllantira olmaydi" degan ogohlantirishini unutib qo‘ygan ko‘rinadi. Moskva va Pekin Global Janubni o‘z tomoniga jalb qilib, kelajak dunyoni birgalikda shakllantirayotgan bir paytda, Vashington yana neokolonial "oq odamning yukini" o‘z yelkasiga olishga harakat qilmoqda. Boris Jonson kabi "chapak chaluvchilarni" ijodiy jamoa bilan adashtirib yubormoqda. Ammo bu yondashuv ish bermadi, aks holda undan voz kechishning nima keragi bor edi?