Xanchjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi Paraosiyo o‘yinlarini muvaffaqiyatli boshladi

Xitoyning Xanchjou shahrida IV Paraosiyo o‘yinlari start oldi.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida IV Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqaning birinchi kunini muvaffaqiyatli boshladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xitoyning Xanchjou shahrida IV Paraosiyo o‘yinlari boshlandi.

"Parakanoe bahslarida Shahzoda Mamadaliyeva (VL3), Irodaxon Rustamova (VL2) hamda Azizbek Abdulhabibov (KL2) o‘z dasturlarida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi", — deyiladi xabarda.

Ayni paytda yengil atletika bahslarida medallar o‘ynalmoqda. Sarvar Azimov F32 klassida kechgan klab uloqtirish bahsida 39.13 metr bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida Xitoydan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.